Saida Mirziyoyevaning sa’y-harakatlari Oq uyda aniq qadrlanadi – “Forbes”
Jamiyat
−
18 avgust 2023
18647Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyevga maktub yozib, uni sentyabr oyida Nyu-Yorkka taklif qilgan edi. Mazkur xatni e’lon qilgan “Forbes” nashri uning ikki davlat munosabatlarida tutgan o‘rnini izohladi.
Qayd etilishicha, Baydenning xati G‘arbning O‘zbekiston va mintaqaga munosabati evolyutsiyasida qanday muhim lahzani o‘zida mujassam etganini yetarlicha ta’kidlab bo‘lmaydi.
“Bu nafaqat ochiqchasiga qo‘llab-quvvatlash va hamkorlik bayonoti, balki umumiy izolyatsiyaga qarshi kurashni nishonlash uchun o‘ziga xos taklifdir”, deydi kolumnist Malik Kaylan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining qizi Saida Mirziyoyeva haqida shunday ixchamlikdagi maktubda so‘z borishi diplomatiya olamida ham e’tiborga molik.
“U [Saida Mirziyoyeva] o‘zini mintaqada va boshqa joylarda Oq uy tomonidan qo‘llab-quvvatlangan haqiqiy muammolar yechimiga bag‘ishladi va uning sa’y-harakatlari Vashingtonda aniq qadrlanadi”, deya ta’kidlaydi Malik Kaylan.
Aytilishicha, Bayden maktubining oxirgi satrida "ekologik" maqsadlar bejizga eslatilmagan. Qurib borayotgan Orol dengizi qo‘shni davlatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston uchun juda katta xavf tug‘diradi. Ular yakka o‘zi bu muammoni hal qila olmaydi.
“Xulosa qilib aytganda, diplomatiyaning odatiy tilidan kelib chiqadigan umumiy xabar shundan iboratki, nihoyat, uzoq vaqt davomida yakka, unutilgan, boshqa ta’sir doirasidagi mintaqalar sifatida qaralgan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo endi bunday hisoblanmaydi”, deyiladi maqoladi.