Saida Mirziyoyeva YeI elchisi bilan sammitga tayyorgarlik masalasini gaplashdi

Olam

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning to‘ng‘ich qizi – Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva bugun, 21 yanvar kuni Yevropa Ittifoqining O‘zbekiston Respublikasidagi elchisi Toyvo Klaar bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qildi.

Bildirilishicha, muloqot davomida joriy yilning aprel oyida Samarqandda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammitiga ko‘rilayotgan ikki tomonlama tayyorgarlik masalalarini muhokama qilingan.

"Janob Klaar ayollarning huquqiy himoyasi va iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarimizni qat’iy qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Shuningdek, u O‘zbekiston o‘zining boy tarixini asrab-avaylashini e’tirof etib, bu doimo g‘urur va milliy o‘zlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kerakligini ta’kidladi", deb yozadi Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, bungacha 2023 yilning 2 iyun kuni Issiqko‘lning shimoliy qirg‘og‘idagi Cho‘lponota shahrida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov raisligida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tgandi. Unda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Bosh vaziri o‘rinbosari Nurmuhammet Amannepesov va Yevropa kengashining o‘sha paytdagi rahbari Sharl Mishel ishtirok etgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Evropa Ittifoqi Saida Mirziyoeva Markaziy Osiyo Toyvo Klaar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing