Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashdi (video)
Jamiyat
−
18:03 531 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva bugun, 6 dekabr kuni Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi Long Yuysyan bilan uchrashdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida xabar berdi.
“O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish va kengaytirish yuzasidan fikr almashdik”, deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Markaz O‘zbekiston-Xitoy aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, turli sohalardagi loyihalarni ilgari surishda muhim o‘rin tutayotgani qayd etilgan. Ta’lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi almashinuvlarni yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilgan.

Yaqin muloqotni davom ettirish va qo‘shma tashabbuslarni muvofiqlashtirish zarurligi ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva kecha, 5 dekabr kuni Toshkentda Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi raisi va “Vision Invest” kompaniyasi direktorlar kengashi a’zosi Muhammad Abunayan bilan uchrashgandi.