Sadriddin Hasanov dunyoning eng istiqbolli futbolchilari qatoriga kiritildi

Sport

image

Britaniyaning “The Guardian” nashri 2008 yilda tug‘ilgan eng istiqbolli 60 futbolchidan iborat ro‘yxatni e’lon qildi. Unda U-17 Osiyo chempionligini qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik futbolchi Sadriddin Hasanov ham bor.

“O‘zbekiston U-17 terma jamoasi aprel oyida o‘tkazilgan U-17 Osiyo kubogi finalida Saudiya Arabistoniga qarshi bahsda tanaffusga 0:0 hisobi bilan yo‘l oldi. Biroq jamoa ikkita qizil kartochka tufayli to‘qqiz kishi bo‘lib qolgan edi. Shu payt katta sahnaga Hasanov chiqdi. U jamoani ilhomlantira oldi, ajoyib solo yurish orqali gol urgan holda 2:0 hisobidagi g‘alabani ta’minladi. Turnir davomida to‘rtta gol urgan Hasanov musobaqaning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Chap qanotdan ichkariga yorib kirishni yoqtiradigan, tez, kuchli va gol sezgisi yuqori bo‘lgan Hasanovda g‘oliblik ruhiyati ham bor. Hasanov Osiyoda “Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi” bo‘lishga da’vogar”, deyiladi maqolada.

Ro‘yxatda Hasanovdan tashqari Qozog‘istonning “Qayrat” klubi hujumchisi Dastan Satpayev ham o‘rin olgan. Bundan tashqari, ro‘yxatga “Barselona” futbolchilari Toni Fernandes, Dro Fernandes va Niko Gillen, “Borussiya Dortmund” hujumchisi Samuele Inasio, “Bavariya” yarim himoyachisi Karl Lennart hamda PSJ forvardi Ibraim Mbaye ham kiritilgan.

Ma’lumot uchun, Sadriddin Hasanov Islom Ismoilov boshchiligidagi O‘zbekiston U-17 terma jamoasi bilan  U-17 Osiyo chempionligini qo‘lga kiritib, musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. Islom Ismoilov shogirdlariga joriy yilning 3- 27 noyabr kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadigan FIFA U-17 Jahon chempionati ishtirok etadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-17 Sadriddin Hasanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing