Sadir Japarov O‘shdagi masjidda namoz o‘qib, iftorlik o‘tkazdi
Olam
−
21 mart
5692Kecha, 20 mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov O‘sh shahridagi “Sulaymon-Too” markaziy masjidiga tashrif buyurib, namoz o‘qidi va yig‘ilganlar uchun iftorlik tashkil etdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Qirg‘iziston rahbari muborak Ramazon oyida barcha musulmonlarni tabriklab, uning e’tiqod va ezgu amallarni mustahkamlashdagi ahamiyatini ta’kidlagan. Shuningdek, u musulmonlarga ro‘za tutishda bardavom bo‘lish, oilaviy farovonlik, tinchlik va totuvlik tilagan.
“Muborak Ramazon oyi – bu mehr-oqibat, ezgu ishlar va ma’naviy poklanish vaqti. Xonadonlaringizda tinchlik, hamjihatlik va farovonlik hukm sursin. Barcha duolaringiz ijobat bo‘lsin, ezgu amallaringiz siz va yaqinlaringizga baraka va ravnaq olib kelsin. Sizga va oilalaringizga sog‘lik, baxt va birlik tilaymiz”, dedi Sadir Japarov.
Tadbir yakunida Prezident yig‘ilganlar bilan suhbatlashib, ularning istak va tilaklarini tinglagan hamda birodarlik va hamjihatlik ruhida iftorlik dasturxonini baham ko‘rgan.