Sadir Japarov rasman Qirg‘iziston Prezidenti bo‘ldi
Olam
−
28 yanvar 2021
6664Bugun, 28 yanvar kuni Qirg‘izistonning saylangan Prezidenti Sadir Japarovning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tdi. U rasman Prezident lavozimida ish boshladi.
Qirg‘iziston Markaziy saylov komissiyasi raisi Nurjon Shayldabekova Sadir Japarov muddatidan avval o‘tkazilgan saylovlarda g‘alaba qozongani to‘g‘risidagi qarorni o‘qib eshittirdi.
Saylangan Prezident qirg‘iz xalqiga qasamyod keltirdi. U davlat rahbari lavozimida Xudo va xalq oldida adolatli boshqarishini, inson huquqlarini himoya qilishini va Konstitutsiya normalariga amal qilishini ta’kidladi.
MSK rahbari Sadir Japarovga Prezident guvohnomasi va shtandartni topshirdi.
LiveBarchasi