Sadir Japarov masjidda iftorlik qilib berdi (fotoreportaj)

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov markaziy masjidda namoz o‘qib, barcha kelganlar uchun iftorlik qilib berdi. Bu haqda kecha, 7 aprel kuni davlat rahbari Matbuot kotibi Erbol Sultonboyev xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Sadir Japarov yig‘ilganlar davrasida qisqa nutq so‘zlab, barchani Muqaddas Ramazon oyi bilan tabriklagan.

Prezident muqaddas oyda Qirg‘iziston xalqi o‘zlarining yaxshi amallarini ko‘paytirib, oilalar hamda jamiyatdagi tinchlik va do‘stlik yanada mustahkamlanishini tilagan.

Shuningdek, Japarov Ramazon oyi insonning ma’naviy va har tomonlama poklanishiga hissa qo‘shadigan va qadriyatlar ulug‘lanadigan maxsus vaqtligini urg‘ulagan.

“Qirg‘izlarning barcha yaxshi niyatlari va eng yaxshi fikrlari amalga oshsin!”, deya duo qilgan Prezident Japarov.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Ramazon Sadir Japarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing