Sadir Japarov Qirg‘iziston hukumatini iste’foga chiqardi

Olam

image

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov “Qirg‘iz Respublikasining Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, hukumatning hozirgi tarkibi iste’foga chiqarildi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 11 aprel kungi referendumda qabul qilingan Qirg‘iziston Konstitutsiyasiga ko‘ra, boshqaruvning prezidentlik shakli, ijroiya, qonunchilik va sud hokimiyatlari organlarini shakllantirishning yangi tartibi o‘rnatiladi.

Prezident Qirg‘iziston hukumati iste’foga chiqarilgan, deb hisoblanishini e’tiborga olib, hukumatni Vazirlar Mahkamasiga aylantirish topshirig‘ini berdi. Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi hukumatning vorisi hisoblanadi.

Avvalroq Sadir Japarov Qirg‘izistonning yangi Konstitutsiyani imzolagani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov

Baholaganlar

472

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing