Qirğizistonda tarixiy obidalarni buziş, köçiriş va xususiylaştiriş taqiqlandi
Olam
−
16:24 305 2 daqiqa
Qirğizistonda tarixiy-madaniy meros ob’ektlarini, hatto ular avariya holatida bölsa ham, buziş yoki boşqa joyga köçirişga yöl qöyilmaydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, Qirğiziston Prezidenti Sadir Japarov arxitektura va tarixiy-madaniy meros ob’ektlarini saqlaş böyiça farmonni imzolagan. Unga muvofiq, birinçi navbatda muhofaza qilinişi va davlat tarixiy-madaniy ekspertizasidan ötkazilişi lozim bölgan ob’ektlar röyxati tasdiqlangan.
Röyxatga kiritilgan ob’ektlarni xususiylaştiriş, sotiş, ayirboşlaş, garovga qöyiş, işonçli boşqaruvga beriş yoki keyinçalik sotib oliş huquqi bilan ijaraga beriş taqiqlanadi. Şuningdek, ularni tarixiy-madaniy qiymatini yöqotgan deb topiş, davlat muhofazasidagi yodgorliklar röyxatidan çiqariş, buziş yoki boşqa joyga köçiriş mumkin emas.
Farmonda tarixiy obidaning avariya holatida ekani yoki amaldagi zilzilabardoşlik talablariga javob bermasligi uni buziş uçun asos böla olmasligi alohida belgilangan. Bunday ob’ektlarda avariya xavfini bartaraf etiş, konservatsiya va zarur mustahkamlaş işlari bajarilişi kerak.
Bundan taşqari, röyxatdagi ob’ektlar hududida va ularning muhofaza zonalarida yangi quriliş uçun yer ajratiş hamda ruxsatnomalar beriş çeklanadi. Tarixiy binolarning taşqi körinişi, me’moriy tuzilişi va vazifasini özgartiradigan işlarga ham tegişli tartibda ruxsat berilmaydi.
Qirğiziston Vazirlar Mahkamasiga ob’ektlarni inventarizatsiyadan ötkaziş, ularning huquqiy maqomi, mulkdori va texnik holatini aniqlaş topşirilgan. Şuningdek, davlat röyxatiga kiritilmagan ob’ektlarni tarixiy-madaniy ekspertizadan ötkaziş hamda respublika ahamiyatiga ega meros ob’ektlarini davlat mulkini xususiylaştiriş dasturlaridan çiqariş belgilangan.
Farmon ijrosi doirasidagi tadbirlar respublika byudjeti va qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar, jumladan, tarixiy-madaniy ob’ektlarni saqlaş va restavratsiya qiliş fondi mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Live
Barchasi26 Oktyabr