Sadir Japarov Erdo‘g‘anning o‘g‘li bilan ko‘rishdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov kecha, 15 iyun kuni Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi – Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning o‘g‘li Bilol Erdo‘g‘anni qabul qildi. 

Uchrashuvda Turkiyaning Bursa viloyatining Iznik shahrida o‘tkaziladigan IV  Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlariga tayyorgarlik, shuningdek, yaqin kelajakda Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlarini rivojlantirish hamda ushbu tashabbus doirasida rejalashtirilgan tadbirlar yuzasidan fikr almashilgan. 

Davlat rahbari Qirg‘iziston tomoni bunday yirik xalqaro tadbirni tashkil etish va o‘tkazishda ko‘mak berishga tayyorligini ta’kidlagan. 

O‘z navbatida, Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Bilol Erdo‘g‘an samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Konfederatsiyaning tashkil topish tarixi haqida gapirib, tashkilot aynan Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tgan Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari sabab tashkil etganini ma’lum qilgan.  

Bilol Erdo‘g‘an, Iznik shahrining Jahon ko‘chmanchilar o‘yinlari o‘tkaziladigan joy sifatida tasodifan tanlanmaganini aytgan. Birinchidan, shahar Issiqko‘lni eslatuvchi ko‘l bo‘yida joylashgan bo‘lsa, ikkinchidan, uning hududida eramiz boshlarida ushbu shaharni egallash uchun bo‘lgan janglarda halok bo‘lgan qirg‘iz askarlari xotirasiga yodgorlik o‘rnatilgan.. 

Prezident Sadir Japarov tadbirga tayyorgarlik ko‘rishda muvaffaqiyat tiladi va Qirg‘iziston unda faol ishtirok etishga tayyorligini tasdiqladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Bilol Erdo'g'an Sadir Japarov

Baholaganlar

73

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing