Sadir Japarov Bishkek markaziy masjidida iftorlik qildi (foto)

Olam

image

Kecha, 15 mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov masjidda iftorlik qildi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot kotibi Askat Alagozov ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Sadir Japarov Bishkek markaziy masjidida nutq so‘zlab, musulmonlarni Ramazon oyi bilan tabriklagan.

U yig‘ilganlarni maxsus bilimga ega olimlardan din haqida ma’lumot olishga undagan. 

Shuningdek, davlat rahbari mamlakatda yosh bolalar o‘rtasida qizamiq bilan kasallanish holatlari ko‘payib borayotganidan xavotir bildirgan va ularning aksariyati emlanmagan bolalar ekanini ta’kidlagan.

Prezident so‘zining so‘ngida ro‘zadorlarning duolari ijobat bo‘lishini, qirg‘iz xalqining taraqqiyot va farovonligini tilagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sadir Japarov iftorlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing