Ro‘ziboyev navbatdagi shov-shuvli jangchiga o‘xshayapti – UFC chempioni

Sport

image

Eng yengil vazn toifasida UFC chempioni Aljameyn Sterling o‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev haqida fikr bildirdi. 

Unga ko‘ra, kecha, 2 iyul kuni UFC Vegas 76 turnirida braziliyalik Bruno Ferreyrani birinchi raundning o‘zida nokautga uchratgan Ro‘ziboyev tashkilotning navbatdagi shov-shuvli jangchisi bo‘lishi mumkin.

“Bu yigit navbatdagi shov-shuvli jangchiga o‘xshayapti”, deydi Aljameyn Sterling.

Shu o‘rinda Nursulton ham o‘z Twitter sahifasida tashkilotga aynan shu maqsadda kelganini ifodalovchi post qoldirgan.

“UFC'dagi debyut. Men tarix yaratish uchun shu yerdaman. Tez orada divizionni tozalayman, va’da beraman”, deydi Ro‘ziboyev.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 2 iyul kuni Nursulton Ro‘ziboyev UFC'dagi debyut jangida 10 ta jang o‘tkazib, hali mag‘lub bo‘lmagan braziliyalik Bruno Ferreyrani 1 daqiqa 20 soniya ichida mag‘lub etgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Nursulton Ro'ziboev Aljameyn Sterling

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing