Ro‘ziboyev butunjahon o‘rta vazn reytingida top-5 ga kirdi

Sport

image

O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev MMA bo‘yicha Butunjahon o‘rta vaznli sportchilar reytingining 5-pog‘onasidan joy oldi. Bu haqda “UFC Form Guide” xabar berdi. 

Qayd etilishcha, reytingning 1-o‘rnida ushbu vaznda UFC chempioni Israel Adesanya, 2-o‘rinda Janubiy Afrika respublikasi vakili Drikus Dyu Plessi keltirilgan. 3-o‘rin esa braziliyalik Kayo Borraloga nasib etdi.

Mazkur reytingning 4-o‘rnida amerikalik Brendan Allen qayd etilgan bo‘lsa, O‘zbekiston vakili Nursulton Ro‘ziboyev undan keyingi 5-pog‘onadan joy olgan. Yaqindagina amerikalik Brayan Barberenani mag‘lub etgan Mahmud Murodov esa mazkur reytingda 21-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, Ro‘ziboyev bunga qadar 43 marta oktagonga ko‘tarilib, 35 ta jangida g‘alaba qozongan, 8 ta bahsda esa raqiblariga imkoniyatni boy bergan. Uning UFC'dagi natijasi 1-0 va Ro‘ziboyev ham promoushendagi ilk jangida braziliyalik MMA'chi Bruno Ferreyra bilan jang qilib, uni nokautga uchratgan edi. U navbatdagi jangini joriy yilning 4 noyabr kuni Kayo Borraloga qarshi o‘tkazadi. 

Kayo Borralo esa faoliyati davomida 15 ta jangda qatnashib, 14 marta g‘alabaga erishgan va 1 marta imkoniyatni boy bergan. Borralo UFC'da 4 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan.


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Ro'ziboev Mahmud Murodov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made