Ro‘zador futbolchilar qanday ovqatlanishi kerak? Shifokor tavsiya berdi

Sport

image

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tibbiy qo‘mitasi raisi, “Lokomotiv” klubi bosh shifokori Abror Pirriyev O‘zbekiston musobaqalarida o‘ynayotgan ro‘zador futbolchilarga maslahatlar berib o‘tdi. Pirriyevning tavsiyalari Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayevning sahifasida e’lon qilindi.

Shifokor fikriga ko‘ra, mashg‘ulot yoki o‘yin davomida futbolchi organizmi uchun energiya manbai – bu uning iftorlik va saharlikda tanovul qilgan taomi bo‘lgani bois, og‘iz ochiq paytda yetarli suyuqlik ichish va oqsilga boy taomlardan yeyish muhim.

“Saharlikda qovurilgan, tuzi mo‘l, yog‘li, achchiq, o‘ta shirin yemaklar yemagan ma’qul”, deydi futbol shifokori.

Shuningdek, Pirriyev og‘iz yopish va iftor paytida futbolchilar aynan qanday mahsulotlarni iste’mol qilishi zarurligini va ularning kun tartibi qanday bo‘lishi kerakligini aytdi.

“Dimlangan taomlar, sut mahsulotlari, tuxum, bo‘tqalar maqbul. Iftorlikda salatlar, dukkakli suyuq hamda me’daga botmaydigan quyuq taomlar, mevalar mumkin. Og‘izni yopgach, darhol uyquga ketmay, toza havoda biroz sayr, mutolaa yoki uy yumushlarini qilish lozim. Uyqu esa yemak oshqozonni tark etib ulgurgan, quyosh tafti ancha kuchaygan – tush mahaliga qoldirilsa, nur ustiga a’lo nur. Tiniqib uxlab, kuch yig‘ib, kechki mahal mashg‘ulotga chiqish mumkin (futbolchilarda bunga sharoit bor). Buyog‘iga og‘iz ochishga yaqin qoladi”, deya qo‘shimcha qildi Pirriyev.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi “Lokomotiv”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing