Rustam Jo‘rayev Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i bo‘ldi
Jamiyat
−
28 yanvar 5620 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni va qarori bilan Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimidan ozod etildi.
Ma’lumot uchun, Rustam Jo‘rayev 1968 yil 26 iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan. Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2020 yil mart oyigacha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Shundan buyon O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bahodir Toshmatov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni lavozimiga tayinlangani va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi