Rustam Jo‘rayev Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari bo‘ldi
Jamiyat
−
18 iyul 11639 1 daqiqa
Rustam Mirzayevich Jo‘rayev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi lavozimiga tayinlandi va unga general-leytenant maxsus unvoni berildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tegishli farmonni imzolandi.
Ma’lumot uchun, Rustam Jo‘rayev 1968 yil 26 iyulda Toshkent shahrida tavallud topgan. Ichki ishlar vazirligi akademiyasida tahsil olgan. Bungacha u O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimida ham faoliyat yuritgan. 2018 yilning fevral oyidan 2020 yil mart oyigacha Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i – Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
U joriy yilning yanvaridan buyon O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2020 yilning dekabr oyidan buyon Prezident Davlat xavfsizlik xizmati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan Alisher Usmonov ishdan olingandi.
Live
Barchasi