Qoraqalpog‘istondagi voqealarda qancha huquq-tartibot organi xodimi qurbon bo‘lgani aytildi

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida sodir bo‘lgan ommaviy tartibsizliklar davomida 18 kishi qurbon bo‘lgani haqida xabar bergan edik. O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, general-mayor – Qoraqalpog‘istonda Favqulodda holat rejimi komendanti Rustam Jo‘rayevning ma’lum qilishicha, tartibsizliklar davomida qurbon bo‘lganlarning 4 nafari huquq-tartibot organlari xodimlari. 

“14 nafar fuqaro tartibsizliklar sodir bo‘lgan joyda turli jarohatlar olib vafot etgan. Shulardan 13 nafari alkogol va giyohvand moddalar ta’sirida bo‘lgani aniqlangan. Vafot etganlar qatorida xizmat burchini bajargan 4 nafar harbiy xizmatchi ham bor”, deydi Jo‘rayev. 

Uning qayd etishicha, tergov harakatlari davom etmoqda, keyinroq batafsil ma’lumot beriladi. 

Eslatib o‘tamiz, ommaviy tartibsizlik natijasida 243 nafar fuqaro shifoxonalarga murojaat qilgan. Ularning 149 nafariga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, muolajalarini uyda davom ettirishlariga ruxsat berilgan. Hozirda shifoxonalarda jami 94 nafar bemor davolanmoqda. Jarohatlanganlar orasida huquq-tartibot idoralari xodimlari ham bor.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rustam Jo'raev

Baholaganlar

1539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing