Ruslar men o‘ylagandan ham tajovuzkorroq bo‘lib chiqdi – Chexiya Prezidenti 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya armiyasi eng kuchlilardan biri degan illyuziyaga berilib ketgan. Bu haqda Chexiya Prezidenti Milosh Zeman “CNN Prima News telekanaliga bergan intervyusida ta’kidladi, deya xabar berdi “Unian” nashri.

Uning fikricha, Rossiya hozir hayratlanarli darajada mantiqsiz harakat qilmoqda.

“Ukrainaga qilingan hujum Rossiyani yo‘q qiladi, uni iqtisodiy, siyosiy va obro‘-e’tibordan mahrum qiladi, bu rus xalqi manfaatlariga to‘g‘ri keladigan eng yomon qadam emas, ammo bu siyosatchilarning mantiqsiz harakat qilishi va o‘zini aqldan ozgandek tutishi sababli sodir bo‘ldi.”, deydi Chexiya Prezidenti.

Zemanning so‘zlariga ko‘ra, Putin “Rossiya hamma narsaga qudratli va Rossiya armiyasi dunyodagi ikkinchi eng kuchli armiya ekani haqidagi illyuziyaga berilib ketgan”.

“Menimcha, har bir mamlakat o‘z milliy manfaatlarini himoya qiladi, ammo bu manfaatlar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘ladi. Ruslar esa — tan olaman, men hayratda qoldim va bu boshqa ko‘plab siyosatchilarni ham hayratda qoldirdi — nima qilishini oldindan aytib bo‘lmaydigan, men o‘ylagandan ko‘ra tajovuzkorroq bo‘lib chiqdi", dedi u.

Shuningdek, Chexiya Prezidenti uning mamlakati Rossiyadan gaz yetkazib berishni to‘xtatishga faqat qisman tayyor ekanligini ta’kidladi.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing