Ruslan Nuriddinov ikki karra jahon chempioniga aylandi
Sport
−
16 dekabr 2022
10233Ayni kunlarda Kolumbiya poytaxti Bogota shahrida og‘ir atletika bo‘yicha Jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning -109 kg vaznida Ruslan Nuriddinov O‘zbekiston sharafini himoya qildi.
Nuriddinov dast ko‘tarish mashqida 177 kg, siltab ko‘tarishda 220 kg va umumiy hisobda 397 kg bilan o‘z vazn toifasida 3 ta yo‘nalishda oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mazkur natija o‘zbekistonlik sportchi faoliyatida dunyo birinchiligidagi ikkinchi chempionlik hisoblanadi. Kolumbiyadagi mundialda Nuriddinov eng yaqin ta’qibchisini 8 kgga ortda qoldirdi.
Og‘ir atletika bo‘yicha JCH
Erkaklar, -109 kg:
1.Ruslan Nuridinov (O‘zbekiston) - 397 (177+220) kg;
2. Giorgi Chxeidze (Gruziya) - 389 (170+219) kg;
3. Rafael Kastilo (Kolumbiya) - 388 (174+214) kg.
LiveBarchasi