O‘zbekistonlik bokschilar Jahon chempionatida 10 ta medalni qo‘lga kiritdi
Sport
−
27 noyabr 2022
10678Ispaniyaning La Nusiya shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati bahslari yakunlandi. O‘zbekistonlik 8 nafar bokschi mundialning final jangida ishtirok etdi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston delegatsiyasi 5 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
-48 kgda Gulsevar G‘aniyeva turnirda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan yagona o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida -57 kgda Baxtiyor Asadov , -67 kgda Javohir Ummataliyev, -71 kg vanzda Fazliddin Erkinboyev va -75 kg vazn toifasida To‘rabek Habibullayev yoshlar o‘rtasida jahon chempioni bo‘ldi.
Ispaniyadagi Jahon chempionatida sovrindor bo‘lgan o‘zbekistonlik bokschilar ro‘yxati:
Oltin:
-48 kg: Gulsevar G‘aniyeva;
-57 kg: Baxtiyor Asadov;
-67 kg: Javohir Ummataliyev;
-71 kg: Fazliddin Erkinboyev;
-75 kg: To‘rabek Habibullayev.
Kumush:
-80 kg: Rahmatillo Boymatov;
-70 kg: Aziza Zokirova;
-81 kg: Oltinoy Sotimboyeva.
Bronza:
-54 kg: Xo‘janazar Nortojiyev;
-75 kg: Sahobat Husanova.
LiveBarchasi