“Bavariya” futbolchisi Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradi
Sport
−
09 noyabr 2022
3610Senegal terma jamoasi hujumchisi Sadio Mane jarohati sabab Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022ni o‘tkazib yuboradi. Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar berdi. Futbolchi "Bavariya" – "Verder" (6:1) uchrashuvida jarohat olgandi.
Senegal terma jamoasi musobaqadagi ilk uchrashuvini 21 noyabr kuni Niderlandiya termasiga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, afrikaliklar "A" guruhida Qatar va Ekvador bilan to‘qnash keladi.
Joriy mavsumda Mane "Bavariya" safida barcha turnirlar doirasida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Senegal terma jamoasi safida hujumchi 89 o‘yin o‘tkazib, 33 gol urgan.
LiveBarchasi