Gana terma jamoasi noqulay vaziyatga tushib qoldi
Sport
−
16 noyabr 2022
8651Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etadigan Gana milliy terma jamoasining ma’muri jamoa liboslarini Qatarga olib kelishni esdan chiqargan. Bu haqda "Goal" nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, endi ekipirovkalar maxsus reys orqali Ganadan Qatarga jo‘natiladi. Gana futbol federatsiyasi vakillari esa liboslarni terma jamoaning JCHdagi ilk o‘yiniga qadar yetib bormasligidan xavotirda.
Ma’lumot uchun, Gana mundialdagi ilk o‘yinini 24 noyabr kuni Portugaliyaga qarshi o‘tkazadi. Shuningdek, afrikaliklar "H" guruhida Janubiy Koreya va Urugvay termalariga qarshi bahs olib borishadi.
LiveBarchasi