Ruslan Chagayev Fyuri va Ngannu jangiga munosabat bildirdi

Sport

image

Superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev Tayson Fyuri hamda Fransis Ngannu o‘rtasidagi ehtimoliy jang haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, mazkur jang boks qoidalari asosida tashkil etilsa, Fyuri har tomonlama ustunlikka ega chiqadi.

“Agar jang professional boks qoidalari asosida o‘tkazilsa, Fransisda hech qanday imkon bo‘lmaydi. Agar aralash yakkakurash jangi bo‘lsa, u holda albatta Ngannu yutadi. Biroq ular og‘ir vazn toifasi vakillari va bu yerda hamma narsa bo‘lishi mumkin”, deydi Chagayev.

image

Gap shundaki, bu ikki jangchi bir-biridan farqli sport turlari bilan professional tarzda shug‘illanadi. Britaniyalik Tayson Fyuri bokschi, Fransiya va Kamerun ikki fuqaroligidagi Fransis Ngannu esa sobiq UFC chempioni hisoblanadi. Ular o‘rtasidagi to‘qnashuv 28 oktyabr kuni Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan

Matchroom promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirnga ko‘ra, bokschi va MMA jangchisi o‘rtasidagi bahs ko‘rgazmali jang fonida tashkil etiladi.

Ma’lumot uchun, Fyuri professional boksda 34 ta jang o‘tkazib, 33 ta g‘alaba va bitta durang natija qayd etgan. U dekabr oyida vatandoshi Derek Chisorani mag‘lub etdi va Jahon boks kengashi (WBC) versiyasi bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi jahon chempionligi unvonini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. 

UFC bilan yangi shartnomadagi muammolar sabab xayrlashgan Ngannu esa MMA'da 20 ta jang o‘tkazib, faqat 3 tasida mag‘lubiyatga uchragan. U UFC'ni og‘ir vazn toifasidagi chempionlik maqomida tark etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tayson F'yuri Ruslan Chagaev Fransis Ngannu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing