“Rubin” tez orada o‘zbekistonlik futbolchining transferini e’lon qiladi

Sport

image

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi va “Pari NN” klubining 22 yoshli himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev “Rubin” klubiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda “Tatar Inform” xabar berdi

Manbaga ko‘ra, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Qozon klubi safiga ijara huquqi asosida qo‘shiladi. Agar bu taransfer tasdiqlansa, “Rubin” jamoasidagi o‘zbekistonlik futbolchilar soni 3 nafarga yetadi. Hozirda Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyevlar ham qozonliklar sharafini himoya qilmoqda.

“Rubin” klubining rasmiy sahifalarida joylangan quyidagi videoda ham aynan O‘zbekistonlik futbolchining transferiga ishora qilingan.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portalida Yo‘ldoshevning o‘tish qiymati 900 ming yevroga baholangan. U ortda qolgan mavsumda Rossiya chempionatida “Pari NN” bilan 28 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Namanganning “Navbahor” klubiga o‘tishni istamagan edi. Shuningdek, unga Rossiya Premer-ligasining eng nomdor klublaridan hisoblangan “Spartak” jamoasi ham jiddiy qiziqish bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rubin Ibrohimhalil Yo'ldoshev Pari NN

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing