Umarali Rahmonaliyev faoliyatini Ozarbayjonda davom ettiradi (video)

Sport

image

Rossiyaning “Rubin” klubida to‘p tepayotgan o‘zbekistonlik futbolchi Umarali Rahmonaliyev Ozarbayjonning “Sabah” jamoasiga o‘tdi. Bu haqda Qozon klubi matbuot xizmati xabar berdi.

21 yoshli futbolchi Ozarbayjonda 2025 yil oxiriga qadar ijara asosida to‘p tepadi.

Ma’lumot uchun, Rahmonaliyev 2022 yilning dekabr oyidan buyon Qozon klubida to‘p tepib kelayotgandi. U “Rubin” safida jami 27 ta o‘yinda maydonda tushishga ulgurgan. “Rubin”da Rahmonaliyevdan tashqari yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Rustam Ashurmatov ham faoliyat olib boradi.

Qayd etish joiz, Rahmonaliyev Ozarbayjon chempionatida to‘p tepayotgan yagona futbolchi emas. O‘zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalaridagi yorqin o‘yinlari bilan tanilgan Jasur Jaloliddinov ham Ozarbayjon chempionatida o‘ynab kelmoqda. U mamlakatning “Sumgait” klubi a’zosi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi Husayn Norchayev faoliyatini Portugaliyada davom ettirishi mumkinligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Rubin Umarali Rahmonaliev Sabah

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing