“Spartak” o‘zbek futbolchisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Sport
−
30 iyun 2023 14590 1 daqiqa
Rossiya Premer-ligasining eng nomdor klublaridan hisoblangan “Spartak” o‘zbekistonlik himoyachi Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “EuroFootbal” xabar berdi.
Unga ko‘ra, Rossiya klubi o‘zbekistonlik 22 yoshli futbolchiga chap qanot himoyasini topshirish istagida. Hozirda bu pozitsiya tizzasidan jarohat olgan portugaliyalik Tomash Tavareshdan so‘ng, uzoq muddatga egasiz qolib ketishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev 2021 yilning avgustida “Paxtakor”dan Rossiyaning “Nijniy Novgorod” klubiga transfer qilingan. O‘zbekiston vakili rossiyaliklarga Transfermarkt portaliga ko‘ra, 250 ming yevroga tushgan.

Shuningdek, u Rossiya Premer-ligasidagi birinchi golini debyut mavsumida aynan Moskvaning “Spartak” jamoasi darvozasiga kiritgan.
Futbol mutaxassislari “Spartak” skautlari o‘sha uchrashuvdan keyin o‘zbekistonlik futbolchiga qiziqa boshlaganini ta’kidlagan.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28