Parij-2024: Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoa safini tark etdi
Sport
−
26 iyul 2024
31586Parijda davom etayotgan Olimpiada o‘yinlarida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi safida to‘p tepayotgan Ibrohimhalil Yo‘ldoshev terma jamoa safini tark etdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
QALAMPIR.UZ manbasiga ko‘ra, 23 yoshli futbolchi farzandining betobligi bois, Parij shahrini tark etishga majbur bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Yo‘ldoshev Qozog‘istonning “Qayrat” klubi a’zosi hisoblanadi. Transfer narxi 800 ming yevroga baholangan futbolchi joriy mavsum klub safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Olimpiadadagi keyingi o‘yinini 27 iyul kuni Misr jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar