“Spartak” klubiga o‘tishi kutilayotgan o‘zbekistonlik futbolchi 240 ming dollarlik taklifni rad etdi
Sport
−
03 iyul 2023
4652“Pari NN” klubining 22 yoshli himoyachisi Ibrohimhalil Yo‘ldoshev Namanganning “Navbahor” klubiga o‘tishni istamadi. Bu haqda futbol jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev o‘z Telegram sahifasida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Navbahor” Yo‘ldoshevga Rossiyada olayotganidan ko‘proq maosh (yillik 240 ming dollar) taklif qilgan, biroq “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi faoliyatini xorijda davom ettirishni ma’qul ko‘rgan.
“Transfermarkt”ga ko‘ra, Yo‘ldoshevning qiymati salkam 1 million yevroni tashkil etadi. U ortda qolgan mavsumda Rossiya chempionatida 28 ta bahsda maydonga tushib, 2 ta gol urishni uddaladi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyi oxirida Rossiya Premer-ligasining eng nomdor klublaridan hisoblangan Moskvaning “Spartak” klubi o‘zbekistonlik himoyachiga qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. “Spartak” chap qanotini Ibrohimhalil Yo‘ldoshev bilan kuchaytirmoqchi. Moskva klubida bu pozitsiya tizzasidan jarohat olgan portugaliyalik Tomash Tavareshdan so‘ng, uzoq muddatga egasiz qolib ketishi mumkin.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15