Ruhoniy xavotirda: Eronda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi.  

Uning ta’kidlashicha, koronavirus infeksiyasining yangi to‘lqini ikki viloyatda kuzatilyapti. Biroq siyosatchi COVID-19 ning to‘rtinchi to‘lqini qaysi hududlarda boshlanganiga aniqlik kiritmagan. 

“Afsuski, to‘rtinchi to‘lqin ikki viloyatda boshlandi, agar boshqa bir qator viloyatlarda ehtiyotkorlik qoidalariga rioya qilmasak, u yerlarda ham avj olishi mumkin”, degan Ruhoniy. 

Eronda 1 aprel kuni 11 mingdan ortiq odamda koronavirus aniqlangan, bu 2020 yil dekabridan beri rekord ko‘rsatkich. 

Kecha, 2 aprel kuniga qadar Eronda koronavirus yuqtirganlarning umumiy soni 1 908 974 nafarni tashkil etgan, 62 876 kishi kasallikdan vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron koronavirus

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing