Rossiyaning yirik o‘q-dorilar omborida portlash yuz berdi (video)

Olam

image
Omsk neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi north_east

Omsk neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi

Rossiyaning Vladimir viloyati Kirjach tumanidagi harbiy qism hududida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Portlash Barsovo qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Dastlabki versiyalarga ko‘ra, Raketa va artilleriya bosh boshqarmasining 51-arsenaliga kuchli hujum uyushtirilgan. Harbiy qism hududida bir nechta portlashlar yuz bergan. Gap 11785-sonli harbiy qism haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Ushbu hududda bundan oldin ham portlash yuz bergan, 2022 yilning yozidagi hodisada 4 kishi halok bo‘lgandi.

Mirniy va Barsovo qishloqlari aholisidan uylarini tark etish so‘ralgan. Moskva tomondan Kirjachga boradigan yo‘l to‘sib qo‘yilgan. Evakuatsiya nafaqat Barsovo va Mirniyda, balki Zvezdniy, Dubki qishlog‘i, Pershino, Xrapki qishlog‘i va Gribanovoda ham e’lon qilingan. Ushbu aholi punktlari portlashlar sodir bo‘lgan joydan 5 kilometr radiusda joylashgan.

Viloyat gubernatori Aleksandr Avdeyevga ko‘ra, voqea joyida mas’ul xizmatlar ishlamoqda. Ammo u boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan. Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, Kirjach tumanida portlashlar sababli favqulodda holat e’lon qilingan.

Rossiya harbiy departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, o‘q-dorilar omboridagi portlash portlovchi moddalar bilan ishlashda xavfsizlik talablari buzilgani sababli sodir bo‘lgan. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa oqibatida qurbonlar bo‘lmagan. Favqulodda vaziyatni aniqlash uchun boshqarma komissiya tuzgan.

“Tergov yakunlari bo‘yicha aybdor mansabdor shaxslar javobgarlikka tortiladi”, deyiladi Mudofaa vazirligi bayonotida.

Omborning asosiy vazifasi o‘q-dorilarni saqlash va yig‘ishdan iborat bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya portlash o'q-dorilar ombori

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing