Omsk neftni qayta ishlash zavodida portlash yuz berdi

Olam

image

Bugun, 26 avgust kuni Rossiyadagi Omsk neftni qayta ishlash zavodida yong‘in yuzaga keldi. Bu haqda “Om1.ru” xabar berdi. 

Mahalliy OAVning shahar aholisiga tayanib yozishicha, yong‘indan avval shaharning turli qismlarida portlash ovozi eshitilgan. Omsk neftni qayta ishlash zavodida yuz bergan hodisalar oqibatida 7 kishi jarohat olib, shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri og‘ir ahvolda. Omsk viloyati gubernatori Vitaliy Xotsenkoning so‘zlariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish hali ham davom etmoqda, vaziyat nazoratga olingan.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi departamenti Gubkin ko‘chasidagi yong‘in maydoni taxminan 1000 kvadrat metrni tashkil qilganini bildirdi.

Tergov qo‘mitasining Omsk viloyati boshqarmasi zavod hududidagi yong‘in yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Qayd etilishicha, ish xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi talablarini buzganlikda gumon qilinib qo‘zg‘atilgan.

O‘z navbatida, zavod matbuot xizmati korxonadagi texnologik uskunalar yonib ketganini ma’lum qildi. Zavod rahbariyatining bayonotiga asoslansa, yong‘in o‘chirilgan.

“Yong‘inni o‘chirishning avtomatlashtirilgan uskunalari tezkorlik bilan yong‘inni bartaraf qildi”, deyiladi kompaniya xabarida.

“Baza” Telegram-kanalining xabar berishicha, Omsk neftni qayta ishlash zavodida neftni keyinchalik qayta ishlash uchun fraksiyalarga ajratuvchi AVT-11 qurilmasi portlab ketgan.

Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi fonida Rossiyada neftni qayta ishlash zavodlari va neft bazalarida yong‘inlar tez-tez uchramoqda. Bunday hodisalarning eng yiriklaridan biri bir necha kun oldin boshlangan – 18 avgust kuni dron hujumi oqibatida Rostov-na-Donu yaqinidagi neft omborida yoqilg‘i yonib ketgan. Yong‘in bir haftadan ortiq vaqtdan beri o‘chirilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya qo‘shinlari raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan Ukraina energetika ob’ektlariga zarba bergani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in portlash Omsk neftni qayta ishlash zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made