Rossiyaning Ukrainadan keyingi nishoni Polshami?

Olam

image

Rossiyada Polsha xavfsizligiga xavf tug‘dirishi uchun hech qanday sabab yo‘q. Bu haqda bugun, 1 iyun kuni Rossiyaning Varshavadagi elchisi Sergey Andrev Polsha o‘zini xavfsiz his qilishi mumkinmi, degan savolga javoban aytib o‘tdi.

“Polshaning qo‘rqishiga sabab yo‘q. Rossiya Polshaga hujum qilmoqchi emas. Men buni ko‘p marta aytganman, lekin bu savol qayta-qayta so‘ralmoqda. Shubha yo‘qki, Rossiyaning Polsha xavfsizligiga tahdid solishi uchun hech qanday asos yo‘q”, degan u.

Jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida Rossiya elchisi Rossiya Federatsiyasining Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyasi”ning asosiy sabablari va maqsadlari, shuningdek, hujumning qonuniyligini tushuntirib berishga harakat qilgan. Andreyevning iddaosicha, G‘arb Ukrainadan Rossiya bilan qarama-qarshilik vositasi sifatida foydalanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Rossiyaning Polshadagi elchisi Varshavaning Jvirki va Vigura ko‘chalarida joylashgan sovet askarlarining harbiy yodgorlik qabristoniga gul qo‘yishga kelgan vaqtida bir guruh shaxslar tomonidan unga qizil rangli bo‘yoqlar uloqtirildi. Politsiya aralashuvi bilangina diplomatik missiya vakillari mashinasiga yetib olib, voqea joyini tark etdi.

Rasmiy Moskva Rossiyaning Polshadagi elchisi Sergey Andreyevga uyushtirilgan hujum va gulchambar qo‘yish marosimining uzilishi munosabati bilan Varshavaga keskin norozilik bildirdi.

“9 may kuni ekstremistlar politsiyaning to‘liq harakatsizligi bilan Varshavadagi Sovet askarlari qabristoniga gul qo‘yish marosimini to‘xtatib, Rossiya Federatsiyasining Polshadagi elchisi Sergey Andreyev va diplomatik korpusning boshqa xodimlariga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llashdi. Polsha hukumatiga neonatsist bezorilarni qo‘llab-quvvatlagani uchun qattiq norozilik bildirildi”, deyiladi TIV bayonotida.

Rossiyada elchiga uyushtirilgan hujum yuzasidan jinoyat ishi ochildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Pol'sha

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing