Polshada rossiyaliklarga qarshi navbatdagi taqiq kuchga kirdi

Olam

image

Rossiya fuqarolarining Polshaga kirishini cheklash haqidagi buyruq bugun, 26 sentyabrdan havo va dengiz chegara punktlarida kuchga kirdi. Ilgari bu chora-tadbirlar piyodalar va avtomobillarni o‘tkazish punktlarida joriy qilingan edi.

Endi Polshaga kirish uchun hech qanday sabab bo‘lmagan shaxsni o‘z bortiga olgan dengiz va havo tashuvchilar uni o‘z hisobidan qaytarib yuborishi kerak bo‘ladi.

19 sentyabr kuni Polsha Ichki ishlar vazirligi rahbari Mariush Kaminskiy Estoniya, Litva va Latviya hukumatlari bilan tegishli kelishuvlarga erishish natijasida turistik, madaniy, sport va ishbilarmonlik, shuningdek, xalqaro hamkorlik dasturlari uchun sayohat qilayotgan Rossiya fuqarolarining Shengen zonasiga kirish imkoniyatini cheklash uchun kirish qoidalarini kuchaytirishni buyurdi.

Polsha chegara xizmati xodimlari, Boltiqbo‘yi mamlakatlari qatorida, yuqoridagi sabablarga ko‘ra Polsha hududiga kirishni rad etishadi, shu jumladan uchinchi davlatlar tomonidan berilgan Shengen vizasiga ega bo‘lgan Rossiya fuqarolari uchun ham.

Dissidentlar, gumanitar holatlar, yashash uchun ruxsatnoma egalarining oila a’zolari, tovarlarni tashish va transport xizmatlarini ko‘rsatish, diplomatik vakolatxonalar va tranzit tashish, Polsha ta’lim muassasalari olimlari va talabalari, baliqchilar uchun istisnolar mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Pol'sha

Baholaganlar

148

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing