Rossiyaning niyati AQSH hukmronligiga chek qo‘yish – Lavrov

Olam

image

Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi AQSH va boshqa G‘arb davlatlarining o‘ylamasdan hukmronlik qilish kursiga chek qo‘yishga qaratilgan. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Rossiya-24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bizning maxsus harbiy operatsiyamiz xalqaro maydonda Qo‘shma Shtatlar va ular qo‘l ostida qolgan G‘arb davlatlarining to‘liq hukmronligi sari o‘ylamasdan kengayishi va beparvolik yo‘nalishiga chek qo‘yishga qaratilgan”, deydi u.

Lavrovning ta’kidlashicha, bunday hukmronlik xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish bilan qurilgan. 

Qo‘shma Shtatlar Kosovo mustaqilligini referendumsiz tan olgan, shuningdek, xavfsizlikka tahdid tufayli Eronda jangovar harakatlar boshlagan va shundan keyin hatto uzr ham so‘ramagan.

“Kosovoda referendumsiz mustaqillikni tan olish mumkin, ammo Qrimda referendum natijasida tan olish mumkin emas?!”, deydi Rossiya tashii idorasi rahbari.

Unga ko‘ra, Rossiyada neonatsistlar va ultra-radikallar o‘sib borayotgan bir paytda, mamlakat chegarasida, Pentagon liniyasi bo‘ylab o‘nlab biologik laboratoriyalar yaratilmoqda. 

“Ular birinchi navbatda biologik qurollarni yaratishga qaratilgan qandaydir tajribalarni o‘tkazmoqda –  hujjatlar topildi, ular bunga shubha qoldirmaydi. Keyin bu tahdid okean ortida emas, balki bizning chegaralarimizda”, deydi Sergey Lavrov.

Rossiya-Ukraina urushi

Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina sharqidagi o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni shu nomdagi viloyatlar chegarasida tan olganini ta’kidlab, Ukrainaga qarshi urush xavfini oshirib yubordi.

Putinning favqulodda qarori ortidan AQSH, YeI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi.

24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boshlaganini e’lon qildi va rus qo‘shinlari Ukrainaga hujum boshladi. Putin bu harakatini Ukraina sharqidagi rossiyaparast separatist kuchlar rahbarlari shunday so‘rov yuborgani bilan oqladi.

Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid urush kerak emas”ligini, ukrainlar hujumchilarni kutib olishga tayyorligini bildirgandi. Ko‘p o‘tmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat e’lon qildi.

25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik e’lon qildi. Armiyaga chaqiruv mamlakatning qator viloyat va shaharlarida amalga oshirilishi belgilandi.

Rus qo‘shinlari hozirgacha Ukrainaga shimol, sharq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallashga erishdi. Ammo bu urush Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolishiga olib keldi.

Ukrainaga hujum boshlanishi Rossiya iqtisodiga og‘ir zarba berdi. Rus kompaniyalari aksiyalari keskin arzonlashdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayish bilan o‘tdi. Gazprom, LUKOYL va boshqa yirik kompaniyalar yo‘qotishlarga uchradi.

Hujum boshlangach, Yevropa davlatlari va AQSH Rossiyaga qarshi bir necha bosqichli sanksiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQSH va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. Urush fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi a’zoligiga qabul qilish jarayoni tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

62

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made