Rossiyaning Kiyevga hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi (video)
Olam
−
11:37
2444Bugun, 18 yanvar kuni erta tongda Rossiyaning Ukraina poytaxti Kiyev markaziga qilgan dron hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Kiyev harbiy ma’muriyati rahbari Timur Tkachenko ma’lum qildi.
Tkachenkoga ko‘ra, halok bo‘lganlar Kiyevning Shevchenkivskiy tumanidan bo‘lgan. Dnepr daryosining narigi tomonida joylashgan Desnyanskiy tumaniga ham dron qoldiqlari tushgan.
Kiyev meri Vitaliy Klichko shahar atrofida havo mudofaasi tizimlari ishga tushirilganini ma’lum qilgan. Shevchenkivskiy tumanida derazalar sinib ketgani, shu jumladan, metro bekatiga ham zarar yetgani qayd etilgan. Yana bir xonadon binosidan tutun chiqayotgani va suv quvuri zarar ko‘rgani haqida xabar berilgan. Ushbu joyga ta’mirlash brigadalari yuborilgan. Havo hujumi xavfi haqida ogohlantirish bir soatdan ko‘proq davom etib, keyin bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlari Rossiyaning Kaluga viloyati Lyudinovo shahrida joylashgan “Rosneft” neftebazani o‘qqa tutgani xabar qilingan edi. Dronlar hujumidan keyin Lyudinovo shahridagi sanoat korxonasi hududida yong‘in sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar bo‘lmagan.
LiveBarchasi
O‘zbekiston sun’iy yo‘ldosh yasayapti.
17 yanvar