Rossiyaning xorijdagi aktivlari musodara qilinishiga Putin qanday javob chorasi ko‘rishi ochiqlandi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning xorijdagi aktivlari musodara qilingan taqdirda javob choralari to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat Rossiyaning huquqiy axborot rasmiy internet portaliga e’lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, xorijdagi Rossiya mulkiga bo‘lgan huquqlar olib qo‘yilgan yoki cheklangan taqdirda Rossiya Federatsiyasidagi “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” aktivlari uchun tashqi boshqaruv joriy etiladi.

Tegishli choralar Rossiya fuqarolari va kompaniyalarining mulkini musodara qilishga ham tegishli.

Qayd etilishicha, farmon AQSH va boshqa mamlakatlarning Rossiya Federatsiyasi, uning kompaniyalari va fuqarolarining mulkiy huquqlaridan mahrum etish yoki cheklashga qaratilgan “noqonuniy harakatlari”ga javoban shoshilinch choralar ko‘rish zarurati bilan bog‘liq.

Aytilishicha, Rossiyadagi “do‘stona bo‘lmagan mamlakatlar” aktivlarini vaqtincha boshqarish Prezident qarori bilangina tugatilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya 49 mamlakatni “do‘stona bo‘lmagan davlatlar” ro‘yxatiga kiritgandi. Shunday davlatlardan Avstriya Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida taxminan 2 milliard yevrolik moliyaviy aktivlarni muzlatib qo‘ydi.Yevropa Ittifoqida esa Rossiya Federatsiyasi Markaziy bankining 300 milliard yevrolik aktivlari va rossiyalik tadbirkorlarning 20 milliard yevrogacha bo‘lgan aktivlari muzlatib qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin muzlatilgan aktivlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing