Rossiyaning Xersondan chiqishi Ukrainaning navbatdagi g‘alabasi bo‘ladi – Stoltenberg
Olam
−
10 noyabr 2022
8805Rossiya kuchlarining Xersondan ketishi Ukrainaning yana bir g‘alabasi bo‘ladi. Bu haqda NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari o‘z xavfsizligi so‘roq ostida qolayotgan murakkab davrni boshdan kechirmoqda.
“[Rossiya Prezidenti Vladimir] Putin Ukrainaga qarshi shafqatsiz hujumkor urush olib bormoqda. Ammo biz ukrainalik harbiylar rus qo‘shinlarini qanday qaytarganiga va o‘zlarining yerlarini ozod qilganiga guvoh bo‘ldik. Bu muvaffaqiyatlar jasur Ukraina harbiylariga tegishli”, deydi NATO Bosh kotibi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO ittifoqchilari, jumladan, Italiya tomonidan ko‘rsatilayotgan misli ko‘rilmagan yordam jang maydonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
“Ukrainaning oldinga siljishi juda muhim. Biz Rossiyaning Xersondan qo‘shinlarni olib chiqish haqidagi xabarini e’tiborga olamiz. Yaqin kunlarda vaziyatning rivojlanishini kuzatish kerak bo‘ladi. Rossiya katta bosim ostida. Agar (ruslar) Xersonni tark etsa, bu Ukrainaning navbatdagi g‘alabasi bo‘ladi”, deydi Stoltenberg.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Xersondagi kuchlarini viloyatning Dnepr daryosining chap qirg‘og‘idagi qismiga ko‘chirishni boshladi. Kecha, 9 noyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligi rahbari Sergey Shoygu maxsus harbiy operatsiya zonasidagi qo‘shma guruh qo‘mondoni Sergey Surovikin taklifiga ko‘ra shunday ko‘rsatma bergan edi.
LiveBarchasi