Rossiyaning xakerlik guruhi Isroilni ayblamoqda
Olam
−
10 Oktabr 2023
11127Rossiyaning Killnet xakerlar guruhi Isroilning barcha hukumat tizimlariga hujum qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, xakerlar qon to‘kilishida Isroil hukumatini ayblagan. Killnet Isroil hukumati 2022 yilda Ukrainadagi “terrorchi rejim”ni qo‘llab-quvvatlash orqali Rossiyaga xiyonat qilgan, degan fikrda. Shu sababli ham ular Isroil hukumat tizimlariga hujum qilmoqchiligi haqida o‘zining Telegram kanalida yozib qoldirgan.
Keyinchalik guruh faqat Isroil hukumati bilan "urishishi"ni hamda mamlakatning oddiy fuqarolariga nisbatan hech qanday xusumati yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ular isroilliklarni qon to‘kilishini to‘xtatishga chaqirgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni HAMAS harakati Isroilga qarshi “Al-Aqso to‘foni” harbiy operatsiyasi boshlaganini e’lon qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi bosqichda Isroil pozitsiyalariga 5000 ta raketa va minomyot o‘qlari bilan zarba berilgan. Isroil Mudofaa kuchlari esa bunga javoban “Temir qilichlar” “aksilterror operatsiyasi”ni boshlaganini ma’lum qildi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, G‘azo sektorida 187 mingdan ortiq aholi o‘z uylarini tashlab ketdi. Ikki tomondan qurbonlar soni 1600 dan ortiq.
LiveBarchasi