Rossiyaning qo‘shnisi AQSHdan jangovar dronlar olyapti

Olam

image

2024 yilda Litvaga AQSHdan Switchblade 600 jangovar uchuvchisiz samolyotlari (dron) keladi. Bu haqda Boltiqbo‘yi respublikasining Mudofaa vaziri Arvidas Anushauskas AQSHga tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.

"Biz Qo‘shma Shtatlarning o‘zidan keyin o‘z armiyasini yangi dronlar bilan ta’minlagan birinchi davlat bo‘lamiz, bu esa bo‘linmalarimizning imkoniyatini sezilarli darajada kuchaytiradi", deydi vazir.

Ma’lum qilinishicha, Litva uchuvchisiz apparatlar bilan bir qatorda ularni ishga tushirish va boshqarish uchun uskunalar, texnik paketlar va xodimlarni o‘qitish uchun simulyatorlar oladi.

2022 yil dekabr oyida Litva AQSHdagi hamkorlari bilan jangovar uchuvchisiz samolyotlarni sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Dronlar va ularga hamroh bo‘lgan asbob-uskunalarni sotib olish bo‘yicha shartnoma qiymati 45 million yevroni tashkil etishi ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, yangi avlod Switchblade 600 jangovar mashinalari yuqori aniqlikdagi optikasi, tanklarga qarshi kurashda samarali jangovar kallaklari bilan ajralib turadi va havoda 40 daqiqagacha qolishi mumkin. Dron uchish joyidan 40 km uzoqlikdagi nishonga zarba berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Litva dron Switchblade 600

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made