Rossiyaning 7 ta aeroportida “Kovyor” rejimi joriy etilgan

Olam

image

Rossiyaning Astraxan, Vladikavkaz, Volgograd, Grozniy, Kaluga, Saratov va Ulyanovsk aeroportlarida “Kovyor” rejimi doirasida samolyotlar kelishi va jo‘nab ketishi vaqtinchalik cheklandi. Bu haqda “Predstavitel Rosaviatsii” Telegram-kanali xabar berdi.

“Ushbu chora-tadbirlar fuqarolik samolyotlarining parvozlari xavfsizligini ta’minlash uchun ko‘rildi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaning 40 ta uchuvchisiz samolyoti navbatchi havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan bir kechada tutib olingan va yo‘q qilingan.

Shuningdek, Kaluga viloyatining Dzerjinskiy tumanidagi sanoat korxonasi hududida dronning qulashi oqibatida binolardan biri yonib ketgan. 

“Voqea joyiga qutqaruv guruhlari va tezkor guruh yetib keldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q”, dedi gubernator Vladislav Shapsha.

ASTRA Telegram-kanali xabariga ko‘ra, Volgogradda dron ko‘p qavatli turarjoy binosi ustiga qulagan. Mahalliy aholiga ko‘ra, hudud xavfsizlik kuchlari tomonidan to‘sib qo‘yilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, hech kim jabrlanmagan.

Volgograd viloyati gubernatori Andrey Bocharov mintaqadagi vaziyatga izoh berdi:

“15 fevralga o‘tar kechasi Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari Volgograd viloyati hududiga uchuvchisiz samolyotlarning yirik hujumini qaytardi. Dronlar tutib olindi va zararsizlantirildi”, deya xabar berdi viloyat ma’muriyati.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, sanoat zonasi hududiga vayronalarning qulashi oqibatida 5 kvadrat metrdan ortiq bo‘lmagan maydonda yong‘in sodir bo‘lgan.

Saratov viloyati rahbari Roman Busargin va Rostov viloyati gubernatori vazifasini bajaruvchi Yuriy Slyusar ham dron hujumlari qaytarilgani haqida xabar berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya aeroport “Kovyor” rejimi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing