Rossiyaning 2 milliard yevrolik aktivlari muzlatildi

Olam

image

Avstriya Rossiyaga qarshi sanksiyalar doirasida taxminan 2 milliard yevrolik moliyaviy aktivlarni muzlatib qo‘ydi. Bu haqda bugun, 20 aprel kuni Avstriya Moliya vaziri Magnus Brunner ma’lum qildi.

“Rossiyaga qarshi sanksiyalar rejimini samarali tatbiq etish Avstriya, Yevropa va AQSH manfaatlariga javob beradi. Biz G‘arbning tajovuzkorga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatlaymiz va urush boshlanganidan beri deyarli 2 milliard yevrolik moliyaviy aktivlarni muzlatib qo‘ydik”, deb yozadi vazir Twitter’dagi sahifasida.

Shuningdek, vazir Brunner Venada AQSH Moliya vaziri o‘rinbosari Brayan Nelson bilan uchrashganini ham ma’lum qilgan. Aytilishicha, yig‘ilishda Rossiya Federatsiyasiga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy cheklovlar muhokama qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Avstriya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing