Rossiyaliklarning Putinga ishonchi kamaymoqda

Olam

image

Rossiyada so‘nggi ikki haftada Putinning tarafdorlari soni kamaygan. Bu "Bsiom" statistika sayti e’lon qilgan ma’lumotlarda keltirilgan.

Sayt har hafta aholiga “Siz ushbu siyosatchiga ishonasizmi?” qabilidagi savollar bilan murojaat qiladi. So‘ngra 7 ta davlat ahamiyatiga molik siyosatchining aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ko‘rsatkichlarini e’lon qilib boradi. 

Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, rezidentlarning 77,1 foizi Putin haqida berilgan yuqoridagi savolga “Men ishonaman” deb javob bergan. Bu kuni kecha e’lon qilingan Baydenga ishonuvchi amerikaliklarning miqdoridan sezilarli darajada ko‘p. Shunga qaramay, statistikada 2 hafta avvalroq qayd etilgan ko‘rsatkichga qaraganda biroz pasayish kuzatilgan. O‘shanda 77,6 foiz odam uni qo‘llagan edi. 

Putinga ishonmaydigan aholi soni esa iyun oyidan iyulga qadar keskin ortgan. 9 sentyabr holatiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 18,4 foizni tashkil etgan. 

Eslatib o‘tamiz, amerikaliklarning atigi uchdan bir qismi Prezident Jo Baydenni qayta saylanishga loyiq deb hisoblaydi. Uning partiyasidagi ko‘pchilik kelasi yilgi prezidentlikka nomzod sifatida boshqa odamni ko‘rishni xohlaydi.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Putin Btsiom

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing