Özbekiston Rossiyaga qarşi öyinda favorit – Nepomnyaşiy
Sport
−
16:12 794 2 daqiqa
Özbekiston milliy terma jamoasining sobiq boş murabbiyi Valeriy Nepomnyaşiy Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasida keçadigan bölajak örtoqlik uçraşuvida özbekistonliklarni favorit deb hisoblaşini aytdi. Bu haqda u “RB Sport” naşriga ma’lum qildi.
“Birinçidan, Özbekiston milliy terma jamoasi ötgan yozda Jahon çempionatida iştirok etdi. Ikkinçidan, köplab özbek futbolçilari Yevropa ligalarida, jumladan, Rossiya Premer-ligasida töp tepadi. Bilişimça, Rossiya terma jamoasi bölajak öyinda eng kuçli tarkib bilan maydonga tuşa olmaydi. Şuning uçun, mening fikrimça, özbekistonliklar bu bahsda favorit. Rossiyalik futbolçilar esa öşa kuni yaxşi taassurot qoldiriş uçun köp mehnat qilişlariga töğri keladi”, deydi Nepomnyaşiy.
Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi ertaga, 12 noyabr kuni Toşkentdagi “Paxtakor” stadionida soat 20:00 da bölib ötadi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston milliy terma jamoasi joriy FIFA kunlari doirasida Rossiyadan söng Saudiya Arabistoni terma jamoasiga qarşi xalqaro örtoqlik uçraşuvida iştirok etadi. Saudiya Arabistoniga qarşi bahs joriy yilning 17 noyabr kuni Dohada ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, avvalroq noyabr oyidagi yiğin uçun Özbekiston milliy terma jamoasining yakuniy tarkibi e’lon qilingandi.
Live
Barchasi