Rossiyalik va xitoylik xakerlar Britaniya diplomatlarining yozishmalariga kirgan – OAV 

Olam

image

Rossiya va Xitoy xakerlari Britaniya Tashqi ishlar vazirligining ichki tizimiga kirishga muvaffaq bo‘lgan. Ammo Buyuk Britaniya hukumati bu faktni ommaga oshkor qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatining aloqalar bo‘yicha bosh qarorgohidagi (GCHQ) manbasiga tayanib, “INews” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, voqea 2021 yilda sodir bo‘lgan. O‘shanda Rossiya va Xitoy xakerlari Teams dasturi orqali elektron pochta yozishmalari, Tashqi ishlar vazirligi xodimlari o‘rtasidagi ichki muloqot va ularning uchrashuvlari hisobotlarining nusxalarini qo‘lga kiritgan. GCHQ’ga ko‘ra, xakerlar Britaniya Tashqi ishlar vazirligi xodimlaridan biri elektron pochta orqali kelgan virusli xabarni “tasodifan” ochgani tufayli bu ma’lumotlarga ega bo‘lgan. 

Britaniya elektron razvedka xizmati xakerlar maxfiy ma’lumotlarga ega bo‘lmaganiga ishontirgan, ammo Moskva va Pekin xorijdagi elchilar yoki diplomatlar o‘rtasidagi elektron yozishmalarga kirishi mumkinligidan xavotir bildirgan. Ekspertlarning fikricha, ushbu fayllarning oshkor etilishi strategik hamkorlar o‘rtasidagi munosabatlarni nazariy jihatdan yomonlashtirishi yoki dushman muhitga ega mamlakatlarda ishlayotgan diplomatlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.

"Sharmandali holat. Ushbu voqea hukumatda katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi. Xakerlar juda katta hajmdagi ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin edi", deydi xavfsizlik xizmatidagi manba.

Ta’kidlanishicha, sodir etilgan hujumlarning o‘zi Rossiya va Xitoy tomonidan muvofiqlashtirilmagan.

Ma’lumot uchun, Rossiya rasmiylari Moskvaning xakerlik hujumlariga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni doimo rad etib keladi. Masalan, Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonov Amerika ma’muriyatining Rossiyani kiberjinoyatchilar uchun "xavfsiz boshpana"ga aylangani haqidagi bayonotlarini yolg‘on, mas’uliyatsiz, shuningdek, Moskvaga qarshi gibrid urush elementi deb atagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoy hukumatiga aloqador kiberjinoyatchilar joriy yilning may oyida G‘arbdagi 25 ta tashkilot, jumladan, AQSH Davlat departamentining elektron pochtasini buzib kirishga muvaffaq bo‘lgani aytilgandi. Shuningdek, “The Washington Post” gazetasi Xitoylik xakerlar 2020 yil kuzida Yaponiya harbiy aloqa tarmoqlariga kirganini yozdi. 8 avgustda esa shimoliy koreyalik xakerlarning elita guruhi Rossiyaning yirik raketa ishlab chiqaruvchisining kompyuter tarmoqlarini yashirin ravishda buzgani aytildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy Britaniya xakerlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made