Shimoliy Koreya xakerlari Rossiyaning eng yirik raketa ishlab chiqaruvchi kompaniyasini buzib kirdi
Olam
−
08 avgust 2023
7962Shimoliy Koreyalik xakerlarning elita guruhi o‘tgan yili kamida besh oy davomida Rossiyaning yirik raketa ishlab chiqaruvchisi kompyuter tarmoqlarini yashirin ravishda buzgan. Bu haqda “Reuters” tomonidan ko‘rib chiqilgan texnik dalillar va xavfsizlik tadqiqotchilari tomonidan berilgan tahlillarda keltirilgan.
Qayd etilishicha, “Reuters” axborot agentligi Shimoliy Koreya hukumatiga aloqador kiber-josuslik guruhlarini topgan. Ularni xavfsizlik bo‘yicha tadqiqotchilar ScarCruft va Lazarus deb ataydi. Kiber-josuslar Moskva chekkasidagi kichik shaharcha Reutovda Mashinasozlik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining raketa konstruktorlik byurosi tizimlariga yashirin raqamli orqa eshiklar o‘rnatgan.
Buzg‘unchilik paytida maxfiy ma’lumotlar qo‘lga kiritilgani yoki yo‘qligini aniqlab bo‘lmagan.
Mutaxassislarning fikricha, bu voqea yakkalangan mamlakat hatto Rossiya kabi ittifoqchilarini ham muhim texnologiyalarni qo‘lga kiritish uchun ayamasligini ko‘rsatadi.
Xakerlik haqidagi xabar yaqinda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Koreya urushining 70 yilligiga bag‘ishlangan Pxenyanga safaridan ko‘p o‘tmay paydo bo‘lgan.
Texnik ma’lumotlarga ko‘ra, mashinasozlik ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasiga hujum taxminan 2021 yil oxirida boshlangan va 2022 yilning mayigacha davom etgan.
Ushbu kompaniya Sovuq urush davrida Rossiyaning kosmik dasturi uchun sun’iy yo‘ldoshlarni ishlab chiqaruvchi va qanotli raketalarni yetkazib beruvchi sifatida mashhur bo‘lgan.
Amerikaning SentinelOne kiberxavfsizlik firmasining tadqiqotchisi Tom Xegelning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar kompaniyaning IT muhitiga kirib, ularga elektron pochta trafigini o‘qish, tarmoqlar o‘rtasida o‘tish va ma’lumotlarni ajratib olish imkoniyatini bergan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Xitoylik xakerlar Yaponiya harbiy aloqa tarmoqlariga kirgani aniqlangandi.
LiveBarchasi