Xitoylik xakerlar Yaponiya mudofaa tizimini buzib kirgan – WP

Olam

image

Xitoylik xakerlar 2020 yil kuzida Yaponiya harbiy aloqa tarmoqlariga kirgan. Bu haqda kecha, 7 avgust kuni AQSHning amaldagi va sobiq yuqori martabali amaldoriga tayanib, “The Washington Post” gazetasi xabar berdi.

Aytilishicha, AQSH Milliy xavfsizlik agentligi 2020 yilning kuzida xitoylik harbiy xakerlar Yaponiyaning maxfiy mudofaa tarmoqlarini buzib kirganini aniqlagan. Tokio o‘z tizimlarini mustahkamlash choralarini ko‘rgan bo‘lsada, ular hali ham Pekin aralashuvidan yetarlicha himoyalanmagan. 

Manbalarga ko‘ra, bu Pentagon va Yaponiya Mudofaa vazirligi o‘rtasida kengroq razvedka ma’lumotlari almashinuviga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Yuqori martabali amaldorning aytishicha, AQSH yillar davomida Xitoyning "josuslik dasturlari"dan xavotirda va Pekin AQSH va uning Osiyodagi asosiy ittifoqchilarining tanqidiy xizmatlarini buzish, inqiroz yoki mojarolar vaqtida qaror qabul qilish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan kiberhujum imkoniyatlarini qidirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida AQSH osmonida Xitoyga tegishli havo shari aniqlangan va u Amerika harbiy-havo kuchlari samolyoti tomonidan urib tushirilgandi. Amerikaliklar uni Xitoy harbiy kuzatuv dasturining bir qismi ekani, so‘nggi yillarda beshta qit’ada kamida yigirmata missiyani amalga oshirganini ma’lum qildi. Biroq Xitoy bunday ayblovlarni rad etib, havo shari shamol tufayli yo‘nalishini o‘zgartirgan fuqarolik tadqiqot kemasi ekanini da’vo qildi. Shu mashmashalar fonida Yaponiya ham 2019-2021 yillar oralig‘ida Xitoyning uchta ayg‘oqchi sharlari o‘z havo hududiga kirganligidan qat’iy shubhalanayotganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy Yaponiya xaker

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing