Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonga yetib keldi

Jamiyat

image

Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va pandemiyaga qarshi kurashda amaliy va uslubiy ko‘may berish maqsadida Moskvadan yana 35 nafar shifokorlar guruhi O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga yetib keldi.

Ular O‘zbekistonning turli hududlarida “COVID-19”ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishadi.

Yordam brigadasi tarkibida infeksinistlar, anesteziologlar, rentgenologlar, laboratoriya diagnostlari, pulmonologlar, epidemiologlar, bolalar shifokorlariva tibbiy hamshiralar bor. Shifokorlar ish boshlash uchun kerakli bo‘lgan individual himoya vostalari bilan ta’minlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

89

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing