Rossiyalik shifokorlar O‘zbekistonga yetib keldi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2020
4518Koronavirusga chalingan bemorlarni davolash va pandemiyaga qarshi kurashda amaliy va uslubiy ko‘may berish maqsadida Moskvadan yana 35 nafar shifokorlar guruhi O‘zbekistonga kelayotgani haqida xabar bergan edik.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, rossiyalik mutaxassislar O‘zbekistonga yetib keldi.
Ular O‘zbekistonning turli hududlarida “COVID-19”ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida mahalliy shifokorlar bilan hamkorlikda faoliyat ko‘rsatishadi.
Yordam brigadasi tarkibida infeksinistlar, anesteziologlar, rentgenologlar, laboratoriya diagnostlari, pulmonologlar, epidemiologlar, bolalar shifokorlariva tibbiy hamshiralar bor. Shifokorlar ish boshlash uchun kerakli bo‘lgan individual himoya vostalari bilan ta’minlangan.
LiveBarchasi