Rossiyalik oligarxdan musodara qilingan mablag‘lar Ukrainaga beriladi

Olam

image

AQSH Bosh prokurori Merrik Garland ilk bor Rossiyadan musodara qilingan aktivlarni Ukrainada foydalanish uchun o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘tgan yili Rossiya Ukrainaga bostirib kirishi ortidan oligarx Konstantin Malofeyev Qrimdagi separatizmni targ‘ib qilayotgan rossiyaliklarni moliyalashtirgani uchun uning AQSH moliya institutidagi millionlab dollarlari olib qo‘yilgan. 

Shu yilning fevral oyida Bosh prokuror Garland ushbu mablag‘ni Ukrainada foydalanish uchun o‘tkazilishiga rozi bo‘lganini aytgan. U o‘zining bergan bayonotda aytishicha, bu Ukrainani qayta tiklash uchun musodara qilingan Rossiya aktivlarining birinchi marta o‘tkazilishi, biroq oxirgisi emas.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina musodara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing