Rossiyaga yordam bergani uchun AQSH Qozog‘istonni ogohlantirdi

Olam

image

AQSH Qozog‘istonni Rossiyaga yordam bergani uchun sanksiyalar xavfi haqida ogohlantirdi. Qozog‘iston banklari va kompaniyalari Rossiyaga G‘arb savdo va moliyaviy cheklovlardan qochishga yordam bergani uchun AQSHning ikkilamchi sanksiyalariga duchor bo‘lishi mumkin. Bu haqda mamlakat G‘aznachilik kotibi yordamchisi Elizabet Rozenberg Ostonada bo‘lib o‘tgan davra suhbatida ma’lum qilgan.

AQSH rasmiysining ta’kidlashicha, davlat vakillari Rossiyaning yordami bilan bog‘liq holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar bilan bir qatorda mavjud xavflarni aniq ko‘rsatish uchun Qozog‘iston hukumati va mamlakatdagi xususiy sektor vakillari bilan doimiy aloqa o‘rnatgan.

“Biz qozog‘istonlik hamkasblarimiz, hukumat vakillari, xususiy sektor vakillari bilan ushbu xavflarni aniqlash uchun hamkorlik qilamiz”, deydi Rozenberg.

Eslatib o‘tamiz, YeIning sanksiyalar bo‘yicha vakili Devid O'Sallivan ogohlantirish bilan Markaziy Osiyoga kelgan edi. O'Sallivan Qirg‘izistondagi matbuot anjumanida Rossiyaga qarshi sanksiyalar fonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar va xavflar bilan bog‘liq vaziyatni tasvirlab bergan. U sanksiyalar Qirg‘iziston bilan munosabatlarning yomonlashuviga olib kelmasligi kerakligi, YeI kuzda bu masalani hal qilish uchun respublikaga missiya yubormoqchi ekanini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Qozog'iston sanktsiyalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing